Kontrakt to’lovi

Kontrakt to’lovini amalga oshirish usullari va shartnomani olish bo’yicha yo’riqnoma
Kontrakt to’lovini ikki xil usulda amalga oshirish mumkin:
Istalgan bankda shartnoma va pasportni taqdim etgan holda to’lash.
To’lovni Payme, Click va boshqa ilovalar orqali amalga oshirish mumkin. Buning uchun ilova ichidagi “Budjetga to’lov” bo’limiga kirish, kerakli maydonlarni to’ldirish va to’lovni bajarish lozim. Shuni yodda tutish kerakki, ushbu ilovalar orqali to’lov qilganda har bir talaba o’z familiyasi va ismini, shartnoma raqamini hamda o’qish kursini ko’rsatishi shart.
Kontrakt to’lovi muddatlari
2024/2025 o’quv yilidan boshlab, Respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalariga to’lov-shartnoma asosida o’qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, shuningdek, tahsil olayotgan talabalar uchun to’lov muddatlari quyidagicha belgilandi:
Belgilangan summaning kamida 25 foizi o’qishga tavsiya etilgan abituriyentlar tomonidan 2024-yil 15-sentyabrgacha yoki O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha, ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari tomonidan esa 2024-yil 1-oktyabrgacha yoki oliy o’quv yurti rektori (direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to’lanishi kerak;
Belgilangan summaning kamida 50 foizi 2025-yil 1-janvargacha, 75 foizi 2025-yil 1-martgacha va 100 foizi 2025-yil 1-maygacha yoki oliy o’quv yurti rektori (direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to’lanishi lozim.
Ushbu tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.
Shartnomani olish uchun quyidagi harakatlarni bajarish kerak:
Yuqori kurslar uchun:
Shartnoma.edu.uz saytiga kirib, ro’yxatdan o’tish lozim.
Ro’yxatdan o’tgandan so’ng, shaxsiy kabinetda “Shartnoma olish uchun ariza” bo’limiga o’ting.
Ushbu bo’limda har bir talabaning shartnomasi avtomatik ravishda shakllanadi va uni yuklab olish kifoya. Agar shartnoma mavjud bo’lmasa, yuqoridagi yo’riqnoma bo’yicha ariza yuboriladi. Ariza buxgalteriya tomonidan 2 ish kuni ichida ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Shundan so’ng, shaxsiy kabinetdagi “Shartnoma olish uchun ariza” bo’limidan tasdiqlangan shartnomani yuklab olish mumkin.
Onlayn to’lov uchun universitet rekvizitlari:
Tashkilot nomi: Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjet oliy ta’lim muassasasi filiali
Hisob raqami: 400910860262877094100072001
OTM STIR (INN): 307886514
MFO: 00014