O’tkazilgan tadbirlar

 

MIFI Milliy tadqiqot yadro universiteti Toshkent filialida qizlar o’rtasida basketbol turniri bo’lib o’tdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining beshta muhim tashabbusini amalga oshirish maqsadida imzolangan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari o’rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida bugun MIFI Toshkent filialida qizlar o’rtasida basketbol turniri o’tkazildi.

Turnirni o’tkazishdan maqsad — yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, ommaviy sportni sog’lom odat sifatida joriy etish, talabalarning iste’dod va tashabbuslarini ro’yobga chiqarishdir.

Musobaqa natijalariga ko’ra, M.V. Lomonosov nomidagi MDU Toshkent filiali qizlar jamoasi ishtirokchi OTMlar orasida 1-o’rinni egalladi. Ikkinchi o’rinni MISiS Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti Olmaliq filiali jamoasi qo’lga kiritdi. Uchinchi o’rin A.I. Gersen nomidagi RDPU Toshkent filiali qizlar jamoasiga nasib etdi. Qolgan 5 ta jamoa faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetidan taklif etilgan hakamlar hay’ati turnirning yuqori saviyada o’tishini ta’minladi.